Poytaxtimizda joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tantanali kecha barchaga birdek manzur bo‘ldi.