Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisiga yangi xonadon kalitlari topshirildi / / Qashqadaryoda oilaviy bolalar uyidan 3 nafar bolalar o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi / / Hurmatli ota-onalar! Biz sizni bolalaringizga ko‘proq eʼtiborli bo‘lishga, maktab sumkalari va sumkalarining ichki qismini tekshirishga, pichoq va boshqa o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurishning oqibatlari haqida tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazishga chaqiramiz / / Poytaxtning Olmazor tumanidagi eshitish qobiliyati past bo‘lgan bolalar 102-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari va A. Xlebushkina nomidagi 22-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun har bir bolaning o‘z isteʼdodi va qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beradigan tadbir tashkil etildi / / Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan kuz-qish mavsumiga hozirlik, voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi / / “Men ham harbiy bo‘laman” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi / / "Milliy gvardiya xodimlari doimo siz bilan!" / / Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli “Mehribonlik” uylari, respublika bo‘ylab oilaviy bolalar uylari farzandlari yangi o‘quv yilining birinchi kunidagi fotosuratlar bilan bo‘lishishdi / / Qonunchilikka ko‘ra, transport vositalari tezligini maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan / / Respublikamiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida – “Bilimlar kuni” munosabati bilan birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi / /Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab bugun ertalabdan barcha umumtaʼlim maktablarida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya va boshqa sohaviy xizmat xodimlari tomonidan maktablar va ularning atrofida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar tashkillashtirildi / / Sirdaryo viloyatida tutingan ota-onalarni malakasini oshirish kurslari yakunlandi / / "Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz" shiori ostida tadbirlar / / Tutingan ota-onalarni tayyorlash yuzasidan o‘quv kurslari davomida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashga o‘z istagini bildirgan fuqarolar bilan psixologik trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi 

Ot sportiga qiziqqan bolajonlar to‘garakka aʼzo bo‘lishmoqda

29.11.2021 1494

Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ot sportiga qiziqtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha universitetning Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini taʼminlash batalyoni tomonidan 21-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bilan ot sportini rivojlantirish va ularning otlarga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Universitetda ot sporti to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, otlarga qiziqadigan yoshlar ushbu to‘garakka aʼzo bo‘lishi mumkin.