“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

24 nafar o‘g‘il-qizlarga imtiyoz asosida oliy taʼlimga o‘qishga qabul qilinganliklari bo‘yicha talabalik guvohnomalari topshirildi

21.1.2023 1364

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 avgustdagi qarori asosida oliy taʼlim muassasalariga talabalarni qabul qilishning umumiy sonidan Mehribonlik muassasalari bitiruvchilari uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosida qabul kvotalari SOS – bolalar mahallalari, Oilaviy bolalar uylari farzandlari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka olingan bolalar uchun ham tadbiq qilina boshladi.

Maʼlumot uchun: ushbu qo‘shimcha kvotalarning oliy taʼlim muassasalari bo‘yicha taqsimoti Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilanib, 2021/2022 o‘quv yilida jami 267 nafar,2022/2023 yilda bo‘lsa, jami 790 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishga qabul qilindi. Shundan 24 nafari (ulardan 16 nafari vasiylikdagi, 5 nafari Mehribonlik uyining bitiruvchilari va 3 nafari Oilaviy bolalar uylarining farzandlari) Jizzax viloyati yoshlarini tashkil etadi.

Kuni kecha Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha “Qo‘riqlash” boshqarmasida yoshlarga oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganliklari bo‘yicha talabalik guvohnomasini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov, Jizzax Davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari prorektori Botir To‘xtamishov, Jizzax viloyati hokimligi Bolalarni himoya qilish kotibiyati mudiri Nargiza Mavlonova, viloyat Xalq taʼlimi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Elbek Usmonov, Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulnora Ikromova va Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar, bugungi murakkab globallashuv davrda jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini taʼkidlab, yoshlarga ko‘proq til o‘rganish hamda axborot texnologiyalari sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lish kerakligini tavsiya etdi.

Shundan so‘ng, ularga tantanali ravishda talabalik guvohnomalari, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashakkurnomasi hamda badiiy kitoblar topshirildi.