Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarda yashayotgan bolalarni oilaga yaqin muhitda, bilimli va kasb-hunarli etib tarbiyalash uchun, “Mehr daftari” doirasida boshlagan ishlarni izchil davom ettirish barchamizning burchimizdir.
Bu borada olib borayotgan ishlarimizning amaliy natijasi sifatida bir misol keltirmoqchiman.
Keyingi 3 oy davomida olijanob insonlar tomonidan ana shunday dargohlarda tarbiyalanayotgan o‘nlab bolalar farzandlikka qabul qilindi.
Shu tufayli 3 ta Mehribonlik uyi, 1 ta Bolalar shaharchasi o‘z faoliyatini tugatgani, ayniqsa, eʼtiborlidir.