Yashnobod tumani qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun sport tadbiri tashkil etildi.
Barcha ishtirokchilar bellashuvlar mobaynida kamondan otish boʻyicha oʻzlarining mahoratlarini har tomonlama koʻrsatib bordi. Kamondan otish juda qiziqarli sport turi boʻlib, insonni ham aqlan ham jismonan rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Tadbir qiziqarli va quvonchli lahzalarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.