Joriy yilning iyun oyi davomida “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan sport va vatanparvarlik tadbirlarida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahar hokimligi hamda viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi hamkorligida “YANGI O‘ZBEKISTON YoSHLARI BIRLASHAYLIK” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida Termiz shahridagi Amanova Barno, Xaliqova Muhabbat va Zarnigor Davlatovalar xonadonidagi bolajonlar ham tadbirga jalb etildi. Shuningdek, mazkur tadbirda mahalliy aholi, sportsevar yoshlar ham faol ishtirok etishdi. Asosiy maqsad- yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini shakllantirish va sportning ommaviyligini taʼminlashdir