Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan bolajonlarning ruhiy holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish, ularning stress va depressiv holatlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, ularning muomala madaniyatini oshirish, jamoada sog‘lom ruhiy holatni ta’minlash maqsadida navbatdagi psixodiagnostik mashg‘ulot va treninglar o‘tkazildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida Abdullayevlar, Jo‘rayevlar, Sattorovlar xonadoni farzandlariga yon atrofidagi do‘stlari bilan vujudga kelishi mumkin salbiy holatlarni oldini olish hamda nizoli vaziyatlarda xatti-harakatlarini boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Treninglar jarayonida ular o‘rtasida psixodiagnostik tekshiruvlar amalga oshirildi va bu bo‘yicha bolalar bilan individual va guruhiy tartibda psixologik konsultatsiya hamda psixologik mashg‘ulotlar olib borildi.
So‘z o‘rnida bir narsani alohida ta’idlab o‘tish joiz, ya’ni oila tinch va mustahkam bo‘lib, unda ijobiy muhit hukm sursa, undagi o‘zaro munosabatlar muvaffaqiyatli bo‘lsa, bir so‘z bilan aytganda inson har kuni ishonch bilan o‘z uyi ostonasini xatlab ko‘chaga chiqsa, oilasida uni kutayotganlar borligini his qilib yashasa, bundan tashqari, o‘zi yoqtirgan ishi bilan shug‘ullansa, jamoasida ijobiy psixologik iqlim hukm surib, o‘z o‘rnini topsa, bunday inson kelgusida, albatta o‘zi ko‘zlagan marralari sari olg‘a boradi.