Anʼanaga muvofiq bu yil ham mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo‘qotgan chin yetimlar, xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar farzandlari uchun Prezident sovg‘alari jo‘natildi.
Qorbobo va Qorqiz olib kelgan bayram sovg‘alari Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyeva va bir qator masʼullar tomonidan kutib olindi.
Sovg‘alar o‘z egalari Prezident archasi bayram tantanalarida topshirilishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, bu yilgi bayramda viloyatimizda 795 nafar bolajon Prezident sovg‘asini oladi.