Poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Milliy gvardiya qoshidagi Bolalar psixologiyasi markaziga tashrif tashkil etildi. Psixologlar xonasida o‘g‘il-qizlar o‘zlarini erkin his qilishdi. Bu safargi “Soft skills” yo‘nalishidagi darslar bolajonlarda yanada iliq taassurot va yoqimli his-tuyg‘ular qoldirdi.
Shuningdek, ular boshqalar bilan muloqot qilishni, o‘z fikr va istaklarini to‘g‘ri ifodalashni, o‘z pozitsiyasini himoya qilishni hamda hamsuhbatlarining fikrlarini eshitishni o‘rgandilar.
Shu bilan bir qatorda, ishtirokchilar jamoada ishlash bo‘yicha ham ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi mashg‘ulotlarning barchasi o‘yin tarzida o‘tkazilib, kattalarga xos bo‘lgan ibratli ohanglardan butunlay mustasnodir.