Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan viloyatdagi “Oilaviy bolalalar uyi” hamda Karmana tumanidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining qishki taʼtillarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi.
Jumladan, Karmana tumanidagi Qosimshayx maqbarasi hamda Raboti malik karvonsaroyi va “Sardoba” tarixiy madaniy meroslarini oʻrganish davomida oʻquvchilar boy tariximizni yanada teran anglab, bu yerdagi eksponatlar, yaqin tarixdan soʻzlovchi qoʻlyozmalar, suratlar, qadimiy qurol-aslahalar bilan tanishdilar. Oʻzbek xalqining shu zamin taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini his qilishdi.
Sayohatda ulugʻvor tarix va kelajakning uygʻunlikdagi koʻrinishi oʻquvchilar qalbida yuksak orzularni yuksaltirdi. Yoshlar mehnat, izlanish bunyodkorlik garovi ekanligini anglab yetishdi.