Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan Oqdaryo tumanidagi 1-sonli va Qorasuv massivida joylashgan 2-sonli "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari ishtirokida Samarqand shahridagi me’moriy obidalar va muqaddas qadamjolarga ekskursiya tashkil etildi. Sayohat davomida Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Hazrati Xizr majmuasiga ziyorat qilindi. Tarbiyalanuvchilar ziyorat davomida buyuk ajdodlarimiz va ular bunyod etgan binolarning tarixi haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga ham tashrif buyurib, uzoq oʻtmishga sayohat qilishdi.