Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Karmana tumanidagi Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohatchilar mazkur shaharda joylashgan qadimiy obidalarni ziyorat qilish bilan bir qatorda, masjid, madrasa, minoralar tarixi bo‘yicha ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘ldi. Badiiy-adabiy kitoblar va esdalik sovg‘alar barcha tarbiyalanuvchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, muqaddas yurtga sadoqat, shukronalik tuyg‘ulari ularning yuzlarida aks etdi.
Buxoro zaminiga qilingan sayohatdan ulkan taassurotlar bilan qaytgan yoshlarda harbiy kasbiga bo‘lgan qiziqishlari yana-da ortdi.