Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat hokimligining Bolalarni himoya qilish kotibiyati, viloyat xalq taʼlimi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida, shuningdek, masʼul tashkilot vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar jarayonida “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom talablariga qatʼiy amal qilgan holda yuritilishi hamda ularni “Mehrdaftari.uz” elektron platforma orqali ro‘yxatga qo‘shish va undan chiqarish tartiblari to‘g‘risida tushuntirish berildi.