O‘quvchi-yoshlarning yozgi taʼtil davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi asosida Peshku tumani “Valfajir” MFYda istiqomat qiluvchi Abdullayevlar oilasi farzandlari Samarqand viloyatiga sayohat qilishdi.
Eʼtirof etish joiz, bu galgi sayohat o‘tgan yilgilaridan farqli ravishda oila davrasida tashkil etilganligi farzandlarni yana ham quvontirdi.
Sayohat davomida farzandlar ushbu tarixiy viloyatning diqqatga sazovor joylari, zamonaviy inshootlari, tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.