Mazkur tadbirda bolajonlar uchun tasviriy san’at, shaxmat-shashka, arqon tortish va qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Tadbirning badiiy qismida Nurafshon shahar Madaniyat markazidan tashrif buyurgan bolalar va sanʼat vakillari tomonidan ajoyib bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Kuy-qo‘shiq va raqslar ijrosi tomosha qilindi. Tadbir yakunida bolajonlar uchun bayram sovg‘alari hamda muzqaymoqlar taqdim etildi.