Jonajon yurtimizga go‘zallik va nafosat, yosharish va yangilanish, mehr va oqibat bayrami – Navro‘z kirib kelar ekan, bepoyon yurtimizni qamrab olgan xalq sayllarida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan ezgu tilaklar yangramoqda.
Sana munosabati bilan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolari bayram tadbirida faol ishtirok etishdi.