Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan Ro‘ziboyevlar oilasi farzandlari uchun Namangan viloyatidagi “Afsonalar vodiysi” bog‘iga sayohat tashkil etildi.
Bu majmuada barcha narsa ertakni eslatadi: sharsharalar, musiqali favvoralar, manzarali daraxtlar, oʻrindiq bilan o‘ralgan ko‘llar, hayratga soluvchi attraksionlar va karusellar, belanchaklar, o‘yin avtomatlari o‘rnatilgan zallar... Bir soʻz bilan aytganda, baxtli bolalik uchun barchasi muhayyo edi.
Bolajonlar dam olish kunini qiziqarli va maroqli oʻtkazib, yangi oʻquv haftasini gʻayrat bilan boshladilar.