Qo‘qon shahridagi “Muqaddas Rishtalar” nomli Oilaviy bolalar uyi farzandlari Namangan viloyatida joylashgan “Afsonalar vodiysi”ga tashrif buyurdi. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan unutilmas sayohat tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: bu yerda qariyb 155 gektar maydonda 16 turdagi attraksionlarga ega tematik bog‘lar, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 turdagi suv attraksionlari va akvapark, sharsharalar va musiqali favvoralar mavjud.
Bolajonlar mazkur sayohatdan behad xursand boʻldilar.Adrenalinga toʻla attraksionlarda sayr qilish ularga bir olam zavq bagʻishladi.