Joriy yilning 15-18-iyun kunlari Buxoro viloyatining Jomboy tumanida sportning boks turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida ochiq turnir bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar orasida Abdullayevlar farzandi Anora ham bor edi va u birinchi o‘rinni egalladi.
Anoraning ota-onasi Uyg‘un Axtamovich va Barnogul Shomurodovna qizlarining g‘alabasi haqida barcha qarindosh-urug‘lari va qo‘ni-qo‘shnilariga faxr bilan soʻzlab berib, iqtidorli yosh sportchi bilan tinimsiz mehnat qilayotgan murabbiyi Ulug‘bek Barotovga minnatdorchilik bildirmoqda.
Qahramonimizni ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz!