Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Toshkent shahridagi 30-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida buyuk bobokalonimiz, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligini keng nishonlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning o‘zbek va jahon adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar, she’r va sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.