Mazkur uchrashuv Paralimpiya qo‘mitasida tashkil etilib, utilmas lahzalarga boy kun bo‘ldi.
Tadbir avvalida og‘ir vazn toifasidagi jahon chempionlari so‘zga chiqib, o‘zlarining yillar davomida orttirgan tajribalari, olgan saboqlari haqida so‘zlab berishdi.
“-Sport bilan muntazam shug‘ullanganligim tufayli hozir ham eng yaxshi sport formasidaman. Sog‘lig‘imdan shikoyatim yo‘q va men o‘zimni ajoyib his qilyapman. Har kuni mashg‘ulot olib boraman va hayotimning har bir daqiqasidan zavq olyapman”, - dedi Tayson.
Bolajonlarga berilgan bu imkoniyatlardan ular samarali foydalanib, jahon arenalarida mag‘lub bo‘lmagan chempionlar bilan dildan suhbat qo‘rishdi. Yoshlarning baxtiyor ekanligi ularning yuz-ko‘zlaridan sezilib turardi.
Barchaning qahramoniga aylangan bokschilar bilan bo‘lgan uchrashuv yosh avlodning sportga bo‘lgan ishtiyoqlarini yana-da kuchaytirdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.