Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan mamlakatimizda anomal sovuq kunlarda viloyatdagi Oilaviy bolalar uylarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, tashrif davomida aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Xususan, Chirchiq shahrida joylashgan Oilaviy bolalar uyiga ko‘mir mahsuloti yetkazib berilib, issiqlik taʼminlandi. Bolajonlar endi o‘z xonalarida kitob o‘qishlari, yoqtirgan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida ota-onalarga ham xushkayfiyat ulashadi.