Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutaxassis psixologlari tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Aminovlar oilasi farzandlari ishtirokida psixologik ishlar amalga oshirildi.
Dastlab mutaxassislar tomonidan psixodiagnostik ishlar tashkil etilib, natijaga ko‘ra, farzandlarda mavjud hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan psixokorreksion metodlar orqali ularni bartaraf etish borasidagi amaliy ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, bolalarning taʼlim jarayoni, jamoa hamda oilaviy muhitdagi holatlari o‘rganilib, bu borada ota-onalariga kerakli tavsiya va takliflar berildi.