Barchamizga maʼlumki, joriy yilning 20-22oktyabr kunlari Marg‘ilonda "Atlas bayrami" beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur festival Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi.
Tadbirga Farg‘ona viloyatidagi Aminovlar oilasi farzandlari ham tashrif buyurishib, o‘zlariga kerakli bo‘lgan buyumlar hamda matolar xarid qilishdi.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tishimiz joizki,tadbir Marg‘ilon ipakchiligining dovrug‘ini dunyoga tanitishda, hunar va sanʼatga mehri baland insonlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishida muhim o‘rin tutmoqda.