Buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, o‘rta asrning yirik davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan "Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi"ga ekskursiya uyushtirildi.
Harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolarini dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, tariximizga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da shakllantirish maqsadida sana munosabati bilan tashkil etilgan maʼnaviy tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, "Yaxshi niyat"nomli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirok etdilar.