Mazkur sayohatda bolajonlar shaharning diqqatga sazovor joylari, xususan Amir Temur tomonidan bunyod ettirilgan noyob meʼmoriy va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.
Taʼkidlash joizki, sayohat davomida bolalar oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi boʻlgan Amir Temur hayoti va harbiy yurishlari, shuningdek, buyuk tariximiz haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldi.