Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylarida istiqomat qiluvchi yetti nafar o‘g‘lonlar uchun xayriya sunnat toʻyi o`tkazildi. Tadbir Denov shahridagi Koshona tantanalar saroyida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan tashkillashtirildi.
Anʼanaga muvofiq mehmonlar ham bolajonlarga esdalik sovg‘alarini topshirib, o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirdi.