Muborak Ramazon hayiti kunlarida o‘zgalar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam berish,bir so‘z bilan aytganda, savobli ishlar qilish odat tusiga aylangan. Mazkur kunlarda Qo‘qon shahrida joylashgan 2-sonli Bolalar uyi bolajonlari ham e’tibordan chetda qolmadi.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i hamda Qo‘qon shahri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3 va 4-sektor, Ichki ishlar organlari hamda Soliq qo‘mitasi vakillari Bolalar uyiga tashrif buyurdi. Tadbir davomida mehmonlar bolalar va muassasa xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.