Qo‘qon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari biriktirilgan Oilaviy bolalar uyi farzandlarini konsert dasturiga taklif qildi. Tadbir bolajonlar uchun juda maroqli o‘tdi. Boisi, ular nafaqat konsert dasturini tomosha qildi balki, harbiy xizmatchilar va boshqarma boshlig‘i, polkovnik Sh.Akbarov bilan suhbatlashdi.
Shahar bo'ylab kechki sayr-samimiy suhbat, orzu va rejalar bilan o‘rtoqlashish uchun eng qulay vaqtdir.