Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan bolalar tarbiyalanayotgan vasiylik, homiylik yoki farzandlikka olingan oilalarga tashrif buyurildi. Asosiy maqsad - bolalar qay sharoitda va qanday axloqiy-psixologik muhitda tarbiyalatganligini oʻrganish. Ota-ona va farzandlar bilan yakka hamda guruh shaklidagi suhbat natijalariga ko‘ra, maslahat va tavsiyalar berildi.
Bolajonlar sevimli mashgʻulotlar, maktabda yoki oilada sodir boʻlgan qiziqarli voqealar haqida soʻzlab berishni yoqtirishadi. Oʻg’il-qizlarning harbiylarga berayotgan savollarining keti uzilmaydi. Qaysi sportni yaxshi koʻrishlari, maktabda qanday bahoga oʻqiganliklari, qaysi fanni koʻproq yoqtirganliklari-yu, qaysi darslarga borishni yoqtirmaganliklari, bolaligida qaysi kasb egasi boʻlishni orzu qilganliklari bularning barchasi ular uchun juda qiziq.
Shuningdek, yoshlar mehmonlar bilan rasm chizishni, turli oʻyinlar oʻynashni yaxshi koʻradi. Shu bois, bolajonlar harbiy xizmatchilarni katta xursandchilik bilan kutib olishadi.