Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, armiya va yoshlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash hamda ularni Vatan himoyasiga bo‘lgan mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida Arnasoy tumani Zarafshon mahallasidagi 3-sonli umumta’lim maktabida "Vatan ostonadan boshlanadi" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mobaynida Milliy Gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan zamonaviy qurollar ko‘rgazmasi namoyish etildi, ularning xususiyatlari va qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.