Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy armiyamiz uchun yetuk kadrlar boʻlib yetishishlariga zamin yaratish maqsadida Yangiyer shahridagi 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.