Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi “Kelajak vorislari”nomli Oilaviy bolalar uyida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari hamda festivalga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan bolajonlarga xalqimizni birlashtirgan, barchaga ezgulik va saxovatpeshalik baxsh etuvchi Navro‘z bayrami haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, barchani ayyom bilan samimiy tabriklab, eng yaxshi tilaklar bildirishdi.