Fargʻona viloyati Quva tumanida istiqomat qiluvchi Hakimovlar oilasi farzandi Mirzahamdam oʻz ustida ishlashda hech charchamaydigan, doim olgʻa intiluvchan yoshlarimizdan biri.
Uning sartaroshlikka, chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishi yuqori. Qahramonimiz ustozidan nafaqat kasbiy sir-asrorlarni oʻrganmoqda, balki, oʻzlashtirayotgan hunari boʻyicha mustaqil faoliyat ham yuritmoqda.
Sartaroshlik kasbi u uchun shunchaki sevimli mashgʻulot emas, balki hunarlar ichidan tanlagan yoʻnalishidir. Mirzahamdamning kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.