Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya va “Qoʻriqlash” boshqarmalari hamda qator tashkilotlar ko‘magida Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilarining nikoh to‘yi oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: Avazbek Mamanazarov va Mohlaroy Imomnazarovalar Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalangan. 2022-yilda Avazbek davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar asosida talaba bo‘lgan. Yigitga onasidan meros qolgan uyni ta’mirlashda viloyat hokimligi tomonidan yordam berilgan.
Shuningdek, Milliy gvardiya tomonidan Avazbekning Vatan himoyachisi bo‘lish istagi qo‘llab-quvvatlanib, hozirda u “Qoʻriqlash” bo‘limida xizmat qilmoqda.
Avazbekning turmush oʻrtog’i Mohlaroyxon Farg’ona Davlat universiteti talabasi.
Mohlaroyxon ham imtiyoz asosida 2020-yilda talabalikka qabul qilinib, 2023-yilda Quva tumanidan zamonaviy uy-joy bilan taʼminlangan.
Yoshlar uchun oila atalmish muqaddas qoʻrgʻonga qadam qoʻyishlari uchun barcha sharoitlar mavjud: uy,oʻqish, ish...
Ikki yoshga baxt,quvonch, oʻzaro hurmat va farovonlik tilaymiz .