Bolajonlarning qishki taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida viloyatdagi o‘z uyini mehrli manzilga aylantirgan Mattiyev, Ochilov hamda O‘rinovlar oilasi farzandlari uchun "Havoli quroldan otish" sporti bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar o‘zlarining merganlik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishlari yana-da ortdi.
Tadbir yakunida otish davomida yuqori ballarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.