Ayol borliq ko‘zgusi. Uning nafis go‘zalligi olamni charag‘on etadi. Ayol zotini ulug‘lash xalqimiz uchun azaliy qadriyatdir.
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan joylarda ayollarga yuksak ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Xususan, 7 mart kuni Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qism komandiri I.Samkiyev “Gulbahor mehr-muruvvat” oilaviy bolalar uyi rahbari, 22-sonli Mehribonlik uyi va SOS-O‘zbekiston bolalar mahallalari direktorlarini bayram bilan muborakbod etib, esdalik sovg‘a-salomlari bilan ulashdilar.