Yoshlarning taʼtil mavsumini maroqli tashkil etish, ularni sport to‘garaklariga jalb etish, muqaddas qadamjolar, yodgorliklar va muzeylar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oilaviy bolalar uylaridagi o‘g‘il-qizlarni ot sportiga qiziqtirish, chavandozlik sirlarini o‘rgatish, tulporlarga bo‘lgan mehrini oshirish uchun, Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida navbatdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Yoshlarga Qorabayir otlari haqida maʼlumotlar berilib, ot minish bo‘yicha ko‘nikmalari shakllantirildi. Shuningdek, taʼtil davomida vohaning qator tarixiy obidalariga sayohatlar uyushtirildi. Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Al Hakim at Termiziy majmualariga, muzeylarga borilib, viloyatning boy tarixiy merosi o‘rganildi.
Tashkil etilgan tadbirlar ularga katta taassurot qoldirdi.