Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi 345-sonli “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oilaviy bolalar uylari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Milliy gvardiya hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan harbiy xizmatchilar va hokimiyat vakillari muntazam ravishda oilaviy bolalar uyi xonadoniga tashrif buyurib, bolajonlarning yashash sharoiti, oilalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit atroflicha oʻrganmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati hokimligi va Milliy gvardiya vakillaridan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan 8 ta Oilaviy bolalar uyi farzandlari holidan xabar olishdi.
Tashrif davomida ota-onalar va bolalar bilan suhbat tashkil etilib, oiladagi muhit, bolalarning feʼl-atvoridagi oʻzgarishlar, ularning maktab va mahalladagi doʻstlari bilan munosabatlari oʻrganildi.