Samarqand viloyati Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi Toʻxtamurodovlar oilasida sumalak sayli tashkil etildi. Oila davrasida boʻlib oʻtgan tadbirda oila farzandlari ham sumalak tayyorlash jarayoniga bevosita oʻz hissalarini qoʻshishdi.
-Sumalak tayyorlash aslida mashaqqatli mehnat ekanligini his etdik deydi, bolajonlar. Biz doim tayyor va shirin taomni maroq bilan isteʼmol qilar edik. Mana bugun ota-onalarimiz milliy taomlarimizdan hisoblangan sumalakning kelib chiqish tarixini soʻzlab berishdi. Shu bilan birga, uni tayyorlashning sir-asrorlarini ham oʻrgatishdi.
Shundan soʻng, doshqozon atrofida oila aʼzolari tomonidan samimiy suhbat qurilib, kuy-qoʻshiqlar kuylandi. Insonlarni birdamlik, ahillikka chorlovchi sumalak sayli bolajonlar uchun bir umrga esda qolarli xotiralarga boy boʻldi.