Olmaliq shahridagi Metallurg madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri ana shunday ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Unda 18 yoshgacha bo‘lgan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, oilaviy bolalar uylari va “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirok etdi. Ular uchun tayyorlangan rang-barang sahnaviy chiqishlar, qahramonlar ishtirokidagi tomoshalar va kuy-qo‘shiqlar bayramga alohida shukuh bag‘ishladi.
Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi. Bayram doirasida tadbir ishtirokchilari bo‘lgan 200 nafar bolajonga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.