Bolalik- inson umrining eng beg‘ubor, orzu-umidlarga to‘la jo‘shqin va haroratli damlaridir. Bolaning kulgusi, ko‘zlaridagi quvonch butun olamni yoritadigandek go‘yo. Xalqimiz azaldan bolajon xalq, bunga tariximizdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bugun ham yurtimizda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar qatorida ertamiz egalari bo‘lgan mehrga tashna bolajonlarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning ma'naviy kamol topishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shu ma'noda, bolajonlarning ayni yoshlik damlarini tarix zarvaraqalariga muhrlash uchun Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyatdagi Oilaviy bolalar uylaring har bir farzandlari uchun esdalik fotoalbomlari shakllantirildi. Mazkur al'bomlarda, bolajonlarning shodon xotiralari, oila davrasi hamda hayotidagi eng quvonchli lahzalar aks etgan.