Maktab o‘quvchilariga voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik haqida atroflicha maʼlumotlar berildi, o‘quvchilar huquqbuzarlikka oid savollariga javob olishdi. Harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasblari, harbiy va yuridik oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ham ko‘plab maktab o‘quvchilarini qiziqtirdi.