Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashrifi davomida oʻtkazilgan yigʻilish bayoniga muvofiq, hududiy Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, shahar-tuman Bolalarni himoya qilish shoʻbalari hamda tegishli davlat organlari xodimlari hamkorligida samarali ishlar olib borilmoqda.
Mazkur yigʻilishda noturar va yashash uchun moʻljallanmagan, shuningdek, belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob bermaydigan joylarda yashayotgan Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari va "SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari" uyushmasining bolalar mahallalarida tarbiyalangan 30 yoshgacha boʻlgan sobiq bitiruvchilari toʻgʻrisida maʼlumotlar shakllantirilishi belgilab berilgan edi.
Shunga asosan, Buxoro viloyatida ham Milliy gvardiya hamda hamkorlikdagi davlat tashkilotlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida bugungi kunga qadar belgilangan talablarga javob bermaydigan sharoitlarda yashovchi 8 nafar sobiq tarbiyalanuvchi aniqlandi. Har bir maʼlumot boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, mavjud muammolarni hal etish borasida chora-tadbirlar olib borilmoqda