Mazkur shior ostida Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan G‘allaorol tumanida joylashgan “Kamolot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Shu kuni xodimlar viloyat sport boshqarmasi vakillari bilan birgalikda bu yerda dam olayotgan maktab o‘quvchilarining taʼtildagi dam olish vaqtlarini yana-da mazmunli o‘tkazishi uchun turli madaniy va sport tadbirlarini tashkillashtirishdi. Harbiylarning qo‘l jangi usullari ko‘rgazmali chiqishlari, kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazdilar. Kechqurun esa gulhan atrofida barcha yig‘ilishib, Vatanga muhabbat, do‘stlik, bolalik haqidagi qo‘shiqlarni kuylashdi. Dildan suhbatlashishib, rejalar, orzular bilan o‘rtoqlashishdi.