Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari tomonidan Karmana tumanidagi oilalar farzandlari bilan mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.
Oʻyin tarzida oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida bolalar atrofdagilarni hurmat qilishni, bir-birini fikrlarini tinglashni va shu bilan birga, oʻz fikrlarini ham himoya qilishni oʻrgandi. Shuningdek, bolalarga qaysi sohaga qobiliyati borligini aniqlashga yordam berish uchun treninglar oʻtkazildi.
Tadbir yakunida o‘g‘il-qizlar Milliy gvardiya vakillariga oʻz orzulari haqida soʻzlab berib,maqsadlariga erishish uchun nimalarga amal qilish kerakligini so‘radi.