18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimizning 15 ta viloyatida, shu jumladan, Farg‘onada ham "Yangi nafas" sport musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur yugurish musobaqalarida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Farg‘ona tumanidagi Akbarovlar va Ro‘ziboyevlar oilalari farzandlari ham faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan ishtiyoqlari yuqori ekanligini yana bir bora namoyon qildi.
Bu kabi sport musobaqalarining muntazam o‘tkazilishi yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan bir qatorda, hamjihatlik va birdamlik munosabatlarini mustahkamlashga keng zamin yaratmoqda.