Yangi zamonaviy taʼmirlangan xonadon kalitlari 12-sonli Mehribonlik uyining (Qo‘qon shahrida joylashgan, hozirgi kunda faoliyati tugatilgan) sobiq tarbiyalanuvchisiga topshirildi. Endilikda ona-bola Farg‘ona viloyati Furqat tumanining qoq markazida yashaydi. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Xurshid Abdullayev va tuman hokimi Jahongir Jumanov xonadonning egasiga ezgu tilaklar bilan kalitlarni topshirar ekan, Qizlarxon quvonch ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.
Bugungi kunda Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, maktabgacha va maktab taʼlimi va bolalarni himoya qilish sektori vakillari hamda o‘quv-tarbiya muassasalarining 30 yoshga to‘lmagan sobiq bitiruvchilari yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari o‘rtasida hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu vazifa davlat Rahbari tomonidan 2022 yil 13 dekabrda Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida yuklatilgan va prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish bayonnomasining 25-bandida mustahkamlangan