3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berilayotganligidan dalolat beradi.
Joriy yilning 3 dekabr kuni Farg‘ona viloyati harbiy prokuraturasi, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorligida “Biz hech kimdan kam emasmiz!” nomli bayrami Farg‘ona shahridagi bolalar “Muruvvat uyi”da bolajonlar uchun tashkil etildi.
Bunday bayram tadbirlari o‘tkazilishi nogiron bolajonlarning ko‘nglini ko‘tarish, ijtimoiy kayfiyatini yaxshilash, ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini egallashga yordam beradi.