Oqdaryo tumani 45-umumta’lim maktabi hamda Samarqand shahridagi 1-umumta’lim maktabining “Jasorat sinfi” o‘quvchilari ishtirokida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning inson salomatligi, ruhiy holati, kelajagi hamda jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarning ahamiyati, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbatlari ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Tadbirlar yoshlar ongida sog‘lom hayot tarziga intilish, o‘z kelajagi uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda zararli illatlarga qarshi mustahkam immunitet shakllantirishga xizmat qildi.